Namanganda eng zakovatli jamoa aniqlandi
Qudratilla NAJMIDDINOV/“Xalq soʻzi”. “Zakovat” intellektual oʻyiniga yoshlarning qiziqish yildan-yilga ortib bormoqda. Bu Namanganda tanlovning joriy yilgi turniri bahslarida ham kuzatildi. Kuni kecha Namangan shahridagi “Yangi ziyo” maʼrifat maskanida oʻtkazilgan viloyat bosqichida 252 nafar oʻquvchidan iborat 42 jamoa gʻoliblik uchun maydonga tushdi.
Tabiiyki, barcha yoʻnalishlarni oʻz ichiga olgan bir-biridan qiziqarli va murakkab 30 ta savol oʻynalgan bahslar murosasiz kechdi. Unda oʻquvchilar tezkorlik, tanqidiy va tahliliy fikrlash borasidagi bilim va iqtidorlarini toʻla ishga soldi. Yakunda Chust tumanidagi 52-umumtaʼlim maktabining “Ibn Sino izdoshlari” jamoasi boshqa qatnashchilarga nisbatan ustunligini koʻrsatib, shohsupaning birinchi pogʻonasiga chiqdi.

— Tarix fani muallimi Salohiddin Olimov rahbarligida intellektual oʻyinga jiddiy hozirlandik, — deydi gʻolib jamoa sardori, maktabning 11-sinf oʻquvchisi Maʼruf Gʻulomjonov. — Bunda fanlarning oʻzini takrorlash bilan cheklanmasdan hayotiy nazariyalarni chuqur oʻrganganimiz, muammoli mantiqiy masalalar ustida astoydil bosh qotirganimiz oʻz natijasini berdi. Aytishim mumkinki, “Zakovat”ga tayyorgarlik jarayonida oʻzlashtirgan bilim va koʻnikmalarimiz keyingi bosqichdagi rejalarimiz ijrosi, xususan, oliy oʻquv yurtiga kirishimizda ham asqatadi, albatta.
Shu kungi “aqllilar bahsi”da Namangan shahridagi 1-DIMIning “Alpomish”, Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi 4-DIMIning “Ziyokor” jamoalari ham keyingi faxrli oʻrinlarni egallab, respublika bosqichi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring