Namangan davlat universitetida “Logomarkaz” ochildi
Qudratilla NAJMIDDINOV/“Xalq soʻzi”. Taʼlim tizimida muhim oʻrin tutadigan yangi markazning asosiy vazifasi bolalarning nutq rivojlanishida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish hamda ularning intellektual va maʼnaviy kamolotini taʼminlashga koʻmaklashishdan iborat. Bu gapirishga qiynaladigan oʻgʻil-qizlarning nutq nuqsonlarini bartaraf etish, psixik va jismoniy rivojlanishni qoʻllab-quvvatlashda pedagoglar va ota-onalarga koʻmak beruvchi korreksion mashgʻulotlar tashkil etish orqali amalga oshiriladi.
Ayni jarayonda chekka hududlardagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumtaʼlim maktablarida boshlangʻich sinf oʻquvchilarining fanlar boʻyicha oʻquv dasturlarini oʻzlashtirishlariga toʻsqinlik qiluvchi nutq nuqsonlarining oldini olish va ularni bartaraf etishga jiddiy eʼtibor qaratiladi. Bolalarning jismoniy va psixik rivojlanishidagi kamchiliklarni aniqlash va ularni korreksiyalash boʻyicha mutaxassislar yordamida individual yondashuv asosida ish olib boriladi.

— “Logomarkaz”ni tashkil etishning ahamiyatli tomoni shundaki, maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida bolalarning rivojlanishiga toʻsqinlik qiladigan asosiy omillarni aniqlash va ularni bartaraf etishda muhim oʻrin tutadi, — deydi universitet pedagogika kafedrasi mudiri Dilmirza Inomov. — Uning koʻmagi bilan oʻquvchilar oʻzlarining nutq salohiyatini toʻliq namoyon etish imkoniyatiga ega boʻladi. Ota-onalar va pedagoglarga ham bolalarning nutqiy rivojlanishi uchun zarur koʻnikma va bilimlar beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring