Mushuk sabab yangi virus topildi
Florida universitetida (AQSH) virus mutaxassisi ilgari koʻrilmagan virus turini tasvirlab berdi. Bu kashfiyot mushuk tufayli aniqlandi.
Gap shundaki, Pepper nomli uy hayvoni oʻz egasi, olim Jon Lednikkiga oʻlik kemiruvchi olib keldi. Virusolog uni tekshirish uchun laboratoriyaga yuborishga qaror qildi. Maʼlum boʻlishicha, kemiruvchi (sichqon) jeylongvirus tashuvchisi hisoblanadi.
Jeylongviruslar ilgari Afrika, Osiyo, Yevropa va Janubiy Amerikada aniqlangan. Ular sutemizuvchilar, sudraluvchilar, qushlar va baliqlarga taʼsir qiladi va odamlarda jiddiy kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Shu bilan birga, kemiruvchida topilgan virus boshqa maʼlum boʻlgan jeylong viruslaridan genetik jihatdan sezilarli darajada farq qiladi. Virusga Geynsvill kemiruvchi jeylong virusi 1 ilmiy nomi berildi.
Olimlarning taʼkidlashicha, jeylongviruslar hali yetarlicha yaxshi oʻrganilmagan. Oldingi tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, ular nafas olish kasalliklari bilan bogʻliq boʻlgan paramiksovirus turidir.
Mutaxassislar virusning qanchalik keng tarqalishi mumkinligini aniqlash uchun tadqiqot olib borish niyatida. Sichqonni tutgan mushuk Pepper kasallik alomatlarini koʻrsatmadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring