“Muqaddassan, Vatan bayrogʻi!”
Respublikamizning barcha idora va tashkilotlarida, mahallalarda, taʼlim muassasalarida 18-noyabr — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi qabul qilingan kuni munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.
Ana shunday tadbirlardan biri — Poytaxtimizdagi 269-umumtaʼlim maktabida ham uyushtirildi.
“Muqaddassan, Vatan bayrogʻi!” shiori ostida boʻlib oʻtgan mazkur tadbirda qayd etilganidek, Oʻzbekiston mustaqillikka erishganining dastlabki yilidanoq mamlakat suverenitetining muhim belgisi — Davlat bayrogʻiga ega boʻldi. 1991-yil 18-noyabr kuni “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Bayroq suverenitetimizning ramzi hisoblanishi, shu bilan birga xalqaro munosabatlarda davlat timsoli boʻlishi mazkur qonunda belgilab berildi.

Shuningdek, davlat bayrogʻi mamlakatimiz suverenitetining ramzi boʻlib, unda milliy davlatchiligimiz, mustaqil va mustahkam davlat barpo etish borasidagi ezgu gʻoyamiz, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligimiz, orzu-maqsad va intilishlarimiz aks etgan.
Milliy davlatchiligimiz tarixining barcha davrlarida davlat ramzlari, xususan, bayroq Vatan timsoli sifatida muqaddas sanalgan. U oʻzida butun Oʻzbekiston xalqining asriy orzu-istaklari, gʻayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondoʻstlikni mujassam etgan.

Bugun bayrogʻimiz faqat Oʻzbekiston Respublikasi davlat ramzi emas, shu yurtda tugʻilib, shu zaminning mehridan qonib yashayotgan barcha el-elatlarning tinchlik va ahillik timsoliga, qalblarni yaqinlashtiradigan vositaga aylandi.
Tadbirda soʻz olganlar mamlakat va jamiyat taraqqiyoti hamda uning barqarorligida davlat ramzlarining alohida oʻrni borligini, xususan, milliy bayrogʻimiz davlat va jamiyat hayoti, uning jahon hamjamiyatidagi oʻrni hamda rolini koʻrsatishda muhim ahamiyatga egaligini qayd etdilar.
Bayrogʻimiz Oʻzbekiston xalqining mehmondoʻst, mehnatsevar, serharakat, bagʻrikeng, ochiqkoʻngil ekanidan, eng muhimi, tinchlikparvarligidan darak beradi. Bayroqqa nisbatan xalqimizning muqaddas qadriyat deb qarashi unga nihoyatda yuksak hurmat koʻrsatib, ehtiyotkorona munosabatda boʻlishi ham tahsinga sazovor.
Tadbir davomida maktab oʻquvchilari bayroq haqida qiziqarli maʼlumotlar, sheʼr va qoʻshiqlar ijro etishdi.

Yakunda esa eng faol oʻquvchilar maktab maʼmuriyati tomonidan ragʻbatlantirildi.
Raʼno NURIDDINOVA,
Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 269-umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring