Munis va mukarram ayollarga ehtirom
Andijon viloyatida 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami koʻtarinki ruhda kutib olinmoqda.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan bayram tadbirida soʻz olgan viloyat hokimi munis va moʻtabar ayollarning viloyat taraqqiyotiga qoʻshayotgan ulkan hissasini eʼtirof etib, barcha opa-singillarni bayram bilan qutladi.Tadbir davomida nogironligi bor, kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan va ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan 5 nafar xotin-qizning har biriga yangi uyning boshlangʻich toʻlovi toʻlab berilgan boʻlsa, yuzdan ortiq ishtirokchilarga qimmatbaho sovgʻalar taqdim etildi.
-Bayram arafasida hukumatimizning yuksak mukofotiga sazovor boʻlganimdan xursandman,-deydi Marhamat tumanidagi “Barhayot Nozimjon fayzi” MCHJ rahbari, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Mavludaxon Shodmonova. –Bu eʼtibor va eʼzoz yanada shijoat bilan mehnat qilishga undaydi.
Bu yilgi bayramning yana bir eʼtiborli jihati shundaki, viloyat miqyosida 100 ta yoʻnalishdagi taksilar ikki kun davomida barcha xotin-qizlarga bepul xizmat koʻrsatmoqda.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring