Muhim masala parlament nazoratida qoldirildi
Senatning yigirma ikkinchi yalpi majlisida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishi holati yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari muhokama qilindi.
Taʼkidlanishicha, senatorlar tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishi hududlar kesimida oʻrganib chiqilgan.
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan bu borada qator ishlar amalga oshirilgani qayd etildi.
Xususan, joriy yilning oʻtgan davrida jami 18,1 trln. soʻm, shu jumladan, davlat foydasiga 7,5 trln. soʻm amalda undirilib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan umumiy undiruv 2,3 barobarga, davlatga undiruv 2,4 barobarga oshgan.
Joylardagi davlat idoralarining amaliy yordami bilan 16 968 nafar ehtiyojmand qarzdorning 9 751 nafari ish bilan taʼminlangan, 39 nafariga imtiyozli kredit ajratilgan, 366 ta qarzdorlikning toʻlash muddati uzaytirilgan, 6 ta tashkilotga investorlar jalb qilingan.
Shu bilan birga, majburiy ijro sohasida ayrim oʻz yechimini topishi zarur boʻlgan masalalar ham mavjud ekanligi taʼkidlandi. Jumladan:
— sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosi toʻliq va oʻz vaqtida taʼminlanishi;
— jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari asosida qoplanishi va ushbu masalani yakuniga yetkazish choralari koʻrilishi;
— aliment qarzdorligi bilan bogʻliq ijro hujjatlarini toʻliq va oʻz vaqtida ijrosi taʼminlab borilishi, shu jumladan, ishsiz aliment toʻlovchilarning bandligini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrilishi kabi masalalarga eʼtibor qaratildi.
Oʻz oʻrnida, senatorlar tomonidan ijro tizimiga tegishli idoralar bilan birgalikda axborot texnologiyalarini keng joriy etgan holda ijro tizimida fuqarolarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish choralari koʻrilishi zarurligi taʼkidlandi.
Mazkur masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi hamda ushbu masala parlament nazoratida qoldirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring