Muhim arxeologik obyekt konservatsiya qilindi
Turizm va Madaniy meros vazirligi tomonidan Namangan viloyati, Norin tumani hududida joylashgan Uchtepa-2 arxeologiya obyektini ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantirish boʻyicha taklif Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu obyekt akademik Ahmadali Asqarov tomonidan ochib oʻrganilgan va bir qator tadqiqotlar oʻtkazilgan.
Tadqiqotlarga koʻra, Uchtepa-2 oʻrnida qadimgi Xaylam shahri otashparastlar ibodatxonasi joylashgani aniqlandi. Ibodatxona milodiy VII-VIII asrlarga qadar mavjud boʻlgan. Qazishma ishlari vaqtida rohib va rohibalarga tegishli suyak qoldiqlari, 50 dan ortiq oʻchoq izlari hamda sopol idish siniqlari topildi.
Uchtepa-2da oʻtkazilgan arxeologik tadqiqotlar ibodatxona yongʻin natijasida vayron boʻlganini koʻrsatdi. Ruhoniylarga tegishli ekani taxmin qilinayotgan jasad qoldiqlarida esa oʻtkir tigʻli qurol bilan yetkazilgan zarba izlari topildi. Ushbu topilmalar va yongʻin izlari ibodatxonada jang olib borilganini koʻrsatib turibdi.
Ushbu tarixiy obyekt kelajak avloda yetib borishi uchun bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda Uchtepa-2 arxeologiya obyekti konservasiya qilindi.
Turizm va Madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov tashabbusi bilan Uchtepa-2 arxeologiya obyektining devor va tom qismlarini issiq va sovuqdan saqlash uchun izolyasiya ishlari amalga oshirilishi va obyektda doimiy bir xil haroratni saqlash maqsadida sovutish va isitish uskunasi oʻrnatish choralari koʻrilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Toshkentda “zaklatchik”larni ushlagan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring