Muhayyo Abdusattorova «Parij-2024» yozgi Paralimpiya oʻyinlariga litsenziyani qoʻlga kiritdi
Foto: O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi
Shveysariyaning Lyutsern shahrida para akademik eshkak eshish boʻyicha «Parij-2024» yozgi Paralimpiya oʻyinlari uchun litsenzion musobaqa boʻlib oʻtdi.
Eʼtiborlisi, ushbu musobaqaning ayollar oʻrtasida M1X klassida 2000 metr masofaga oʻtkazilgan bahslarda startga chiqqan hamyurtimiz Muhayyo Abdusattorova barcha raqiblarini ortda qoldirib marraga birinchi boʻlib yetib keldi.
Sportchimiz ushbu muvaffaqiyati bilan nafaqat musobaqaning oltin medalini, balki «Parij-2024» yozgi Paralimpiya oʻyinlariga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani ham qoʻlga kiritdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring