Mourino futboldan ketishi haqida gapirdi
Foto: Reuters
«Real Madrid» klubining sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino «A Bola» nashriga bergan intervyusida 2035-2040-yillarda futboldagi faoliyatini yakunlashini aytdi.
«Faoliyatimni 2035-2040-yillar oraligʻida yakunlayman va shu vaqtgacha gʻalaba qozonishda davom etaman. Mening tarixim allaqachon yozilgan, uni hech kim oʻchira olmaydi», — deydi portugaliyalik mutaxassis.
Shu yilning 16-yanvar kuni Italiyaning «Roma» Mourino klubni tark etayotganini eʼlon qildi. U jamoada 2021-yilning may oyidan beri ishlab kelayotgandi.
Mourino «Roma» bilan 2021/22-yilgi mavsumda Konferensiyalar ligasida gʻolib chiqqandi. Oʻtgan mavsumda «Roma» Yevropa Ligasi finaligacha yetib borgandi.
Mourino «Benfika», «Portu», «Chelsi», «Inter», «Real Madrid», «Manchester Yunayted», «Tottenxem», «Roma» kabi nomdor jamoalarda bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan.
U «Chelsi» bilan uch marta Angliya chempionatida, «Inter» bilan ikki marta Italiya chempionatida va bir bor Chempionlar ligasida, «Real» bilan bir marta La Ligada, «Manchester Yunayted» bilan esa Yevropa Ligasida gʻolib chiqqan.
2003 va 2004-yillarda Mourino UYEFA tomonidan yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring