Mototsikl va skuter ishtirokidagi YTHda 25 va 26 yoshli haydovchilar vafot etdi

18:46 08 Iyun 2025 Jamiyat
149 0

Sergeli tumanida sodir boʻlgan yoʻl transport hodisasi oqibatida 25 va 26 yoshli haydovchilar vafot etdi. Bu haqida Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Unda aytilishicha, joriy yilning 8-iyun kuni soat 02:00 larda Sergeli tumani Fayzli Toshkent koʻchasida haydovchi 1999-yilda tugʻilgan Sh.X. boshqaruvidagi “QJ Motors” rusumli mototransport vositasi va haydovchi 2000-yilda tugʻilgan M.Z. boshqaruvidagi “Drongo” rusumli skuteri toʻqnashishi oqibatida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi bergan maʼlumotlarga koʻra, mazkur yoʻl-transport hodisasi oqibatida ikki haydovchi ham olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.

“Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Barcha yoʻl harakati qatnashchilaridan qoidalarga rioya qilishlarini tezlikni belgilangan meʼyorlardan oshirmasliklarini soʻraymiz”, — deyiladi boshqarma xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер