Miskinda elektr taʼminoti yaxshilandi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Rishton tumanida aholini sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash, tizimdagi mavjud muammolarni bartaraf etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bu borada tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan mahallalar kesimida ishlab chiqilgan dastur asosida past kuchlanishli tarmoqlarni yangilash, modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Xususan, besh mingdan ziyod aholi istiqomat qiluvchi “Miskin” mahalla fuqarolar yigʻinida elektr taʼminotini yaxshilash uchun eski yogʻoch ustunlar oʻrniga yangi beton tayanch ustunlari oʻrnatildi. Mahalladagi ayrim koʻchalarga qoʻshimcha tarmoq tortish ishlariga kirishildi.
— Oltin vodiy va Olmazor koʻchasidagi qariyb 300 nafar isteʼmolchini barqaror ravishda elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida eski simyogʻochlar 150 ga yaqin beton tayanch ustunlarga almashtirildi,—deydi mahalla raisi Madaminjon Dehqonov. — Hozirda ikkita transformator oʻrnatish, 4,5 km uzunlikda elektr tarmogʻi tortish ishlari yakuniga yetkazilyapti. Natijada mazkur ikki koʻchada yashovchilarni koʻp yillar davomida qiynab kelgan muammo toʻliq bartaraf etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring