Milliy haydovchilik guvohnomasini Rossiyadagi konsullik muassasalari orqali yangisiga almashtirish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (667-son, 02.11.2021-y.) bilan Oʻzbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi konsullik muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasining eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish tartibi boʻyicha vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi konsullik muassasasi orqali Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (IIV YHXBB) tomonidan rasmiylashtiriladi.
Talabgor eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish uchun konsullik muassasasiga ariza bilan shaxsan murojaat qiladi.
Konsullik muassasasi talabgor nomidan soʻrovnomani toʻldirib, 1 ish kunida IIV YHXBBga yuboradi.
Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi taqdim etilgan maʼlumotnomani koʻrib chiqib, 1 ish kunida yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtiradi hamda uni Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamentiga (TIV KHD) yuboradi.
Shunga koʻra, TIV KHD haydovchilik guvohnomasini konsullik muassasasiga diplomatik pochta orqali taqdim etadi.
Konsullik muassasasi 1 ish kunida yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini egasiga beradi yoki asoslangan sabablarga koʻra uni rad etadi.
Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi yangisiga almashtirish uchun quyidagilar undiriladi:
➖ BHMning 70 foizi miqdorida toʻlov;
➖ 20 AQSH dollari miqdorida konsullik yigʻimi;
➖ 20 AQSH dollari miqdorida haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash uchun yigʻim.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring