Millat ruhiga singgan oʻzlik
Ona tili — millatning ruhidir. U ona allasi bilan qalbimizga singadi va bir umr hayotimizga maʼno-mazmun baxsh etadi.
Fargʻona shahridagi Alisher Navoiy xiyobonida boʻlib oʻtgan Oʻzbek tili bayrami kuniga bagʻishlangan tantanali tadbirda shu haqda soʻz bordi.
Viloyat hokimligi, sektorlar rahbarlari, ijodkorlar, olimlar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari jam boʻlgan tadbirda soʻnggi yillarda oʻzbek tili va adabiyotini taraqqiy ettirish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan ishlarga alohida toʻxtalib oʻtildi.
Viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, talabalar, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari oʻzbek tiliga oid ilmiy izlanishlar, lugʻatlar yaratish, xorijiy tillarning tilimizga va oʻzbek tilining oʻzga tillarga taʼsiri haqida soʻz yuritdilar. Maʼruzalar, sheʼrlar orqali oʻzbek tili ulugʻlandi.
— Eʼtiborlisi, har yili qutlugʻ sana nishonlanadigan ushbu muazzam xiyobon shaharning Alisher Navoiy nomi bilan ataladigan eng katta koʻchasida joylashgan, — deydi Fargʻona davlat universiteti professori, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Siddiq Moʻmin. — Men hamisha bundan oʻzgacha mantiq izlayman va hayratim oshadi. Chunki hayotda hech narsa tasodifan sodir boʻlmaydi. Zero, ona tili va Alisher Navoiy siymosi barcha zamonlarda ham yonma-yon turadi.
Koʻtarinki ruhda oʻtgan tadbir davomida mavzuga oid badiiy dastur namoyish etildi. Ona tilini madh etuvchi sheʼrlar, hikmatli soʻzlar, gʻazallar va qoʻshiqlar ijro etildi.
Bunday bayram tadbirlari viloyatning barcha shahar va tumanlarida boʻlib oʻtdi.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring