Metabolizm nima va uni qanday qilib tezlashtirish mumkin?

16:24 27 Aprel 2024 Jamiyat
1152 0

Inson organizmidagi moddalar almashinuvi metabolizm deb ataladi. U ikkita asosiy jarayonni oʻz ichiga oladi – katabolizm va anabolizm. Moddalar almashinuvi oziq-ovqatni tanadagi barcha jarayonlar uchun zarur boʻlgan energiyaga aylantirib, organizm normal ishlashini taʼminlaydi.

Metabolizm qator muhim funksiyalarni bajaradi, shu jumladan hujayralar, toʻqimalar, organlarning oʻsishi va tiklanishini taʼminlaydi, organizmdan toksinlar chiqib ketishiga yordam beradi, tana haroratini meʼyorida ushlab turadi.

Metabolizm tezligiga irsiyat, yosh, jins, mushak massasi kabi omillar taʼsir koʻrsatadi.

Metaboliz tez boʻlishining afzalliklari nimada?

Tez metabolizm inson oʻzini yanada tetik his qilishi, yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirish, miya faoliyatini yaxshilash, immunitetni mustahkamlash, teri va sochlar sogʻlom boʻlishiga yordam beradi.

Moddalar almashinuvini tezlashtirish uchun inson turmush tarzini oʻzgartirishi kerak.

Metabolizmni qanday tezlashtirish mumkin?

Buning uchun inson, birinchi navbatda, turmush tarzini oʻzgartirishi zarur. Bunda bir qancha qoidalarga amal qilish tavsiya etiladi:

Muntazam sport bilan shugʻullanish. Jismoniy faollik mushak massasini oshirishga, bu esa, oʻz navbatida metabolizm tezlashishiga yordam beradi.

Toʻgʻri ovqatlanish. Koʻproq oqsil va kletchatkaga boy mahsulotlarni isteʼmol qilish, ratsionda shakar, tuz va zararli yogʻlarni kamaytirish, zarur miqdorda suv ichish.

Toʻgʻri va yetarlicha uxlash. Muntazam ravishda 7-8 soatdan kam uxlash moddalar almashinuvini sekinlashtirishi mumkin.

Zararli odatlardan voz kechish. Chekish, spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish organizm zaharlanishi va buning natijasida metabolizm jarayoni sust kechishiga olib keladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер