“Mening bogʻim” tashabbuslariga ovoz berish boshlandi

02:14 28 Iyun 2024 Jamiyat
291 0

“Mening bogʻim” loyihasining 2024-yil 1-mavsumi uchun ovoz berish jarayoni boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ovoz berish bosqichi 6-iyul soat 10:00 ga qadar davom etadi.

Bu muhlatgacha fuqarolar 627 ta mahallada joylashgan 738 ta tashabbusdan biriga ovoz berishi mumkin.

Ovoz berishning uchta yoʻli bor:

  1. “Ochiq byudjet” portalining veb-sahifasi orqali;
  2. portalning mobil ilovasi orqali;
  3. Telegram-bot orqali.

Ilk marta oʻtkazilayotgan “Mening bogʻim” loyihasining birinchi mavsumiga jami 52 mlrd soʻm ajratilgan. Bu mablagʻ hisobidan respublikaning eng koʻp ovoz olgan kamida 208 ta nuqtasida yashil jamoat parklari tashkil etiladi.

Maʼlumot uchun, 2024-yildan boshlab “Yashil makon” dasturi doirasida davlat byudjetidan ajratilayotgan mablagʻlarning kamida 50 foizi yashil jamoat bogʻlarini tashkil etishga yoʻnaltiriladi. Bunda jamoatchilik qayerda parklar tashkil etilishi boʻyicha tashabbuslarini “Mening bogʻim” loyihasi doirasida qoldirishi mumkin.

Gʻolib tashabbuslarni amalga oshirishga 250 mln soʻmgacha mablagʻ ajratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер