Men Pele, Maradona hamda Messidan koʻra mukammalroqman — Ronaldu

Portugaliya terma jamoasi va “Al-Nasr” klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu oʻzini tarixdagi eng yaxshi oʻyinchi ekanligini taʼkidladi. Hujumchi bu haqida “Atresplayer” nashriga bergan intervyusida gapirib oʻtgan.
“Men futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchiman. Muxlislarga Messi, Pele yoki Maradona kabi futbolchilar yoqishi mumkin va men buni toʻgʻri tushunaman hamda hurmat qilaman. Lekin men ularga qaraganda mukammalroqman. Bosh bilan zarba yoʻllay olish, jarima zarbalarini golga aylantira olishda menga yetadiganini koʻrmadim”, — deydi Ronaldu.
Bundan tashqari, u oʻz intervyusida Ispaniyaning “Real Madrid” klubidagi faoliyati haqida ham gapirib oʻtgan.
“Madridda koʻp narsaga erishdim. Muxlislar buni doim xursand boʻlib eslashadi. 2018-yilda Yuventusga oʻtishni xohlaganimda Peres meni olib qolishga harakat qildi. Lekin men Yuventusga vaʼda berib qoʻyganim uchun qarorni oʻzgartirolmasdim” — deydi futbolchi.
Ronaldu qirollik klubining hozirga oʻyinchilari haqida fikr bildirar ekan, jamoa yarim himoyachisi Jud Bellingemni Zinedin Zidan bilan qiyosladi.
“Bellingem menga Zidanni eslatadi. Uning kelajagi ham Zidanniki kabi porloq boʻlishiga ishonaman. Oʻgʻlim Matteo Jud, Kamavinga va Mbappega muxlislik qiladi”, — deb qoʻshimcha qiladi u.
Maʼlumot uchun, Krishtianu Ronaldu 5-marta “oltin toʻp” sohibi hisoblanadi. U Portugaliya terma jamoasi bilan 2016-yilgi Yevropa chempionatida zafar quchgan. 2019-yilda oʻtkazilgan UEFA Millatlar ligasi kubogini ham qoʻlga kiritgan.
Eslatib oʻtamiz, Ronaldu 5-fevral kuni 40 yoshni qarshi oladi. Futbolchi ayni paytda Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubida faoliyatini davom ettirmoqda. Ronaldu 3-fevral kuni OCHL Elit ligasi doirasida boʻlib oʻtgan “Al-Nasr” va “Al-Vasl” oʻrtasidagi bahsda raqib darvozasiga ikkita toʻp kiritib, faoliyati davomida urgan gollari sonini 923 taga yetkazib oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
- “Yurakka ko‘milar asl shoirlar”
- Kartoshka narxi qachon pasayishi maʼlum boʻldi
- “Hamza Hasanovdan Gʻaybulla Tursunovgacha”: “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” mukofoti gʻoliblari aniqlandi
- Kelgusi hafta uchun ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi
- “Bilmak Navoiyni — zoʻr maʼrifat nishoni...”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring