Mavsumga shaylik doimiy nazoratda
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Kuz faslining yarmi ortda qoldi. Ostonadan esa qish nafasi kelmoqda. Shu bois Andijon viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni kun mavzusiga aylangan. Garchi, asosiy ishlar yakuniga yetgan boʻlsada, nazorat tadbirlari davom etmoqda.
— Yogʻin-sochinli kunlar yaqinlashgani sari elektr energiyasi va tabiiy gazga boʻlgan ehtiyoj ortaveradi, — deydi viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari Javohir Xudoyberdiyev. — Bu esa ayrim hollarda kichik talafotlarga sabab boʻladi. Shu bois har kuni hushyor boʻlishimiz kerak. Ayniqsa, koʻp qavatli uylarda aholi uchun qulay sharoit yaratish kerak. Boisi, ularda hovli joyda yashovchi hamyurtlarimizga nisbatan imkoniyat cheklangan. Shuning uchun viloyatdagi 12 ta kichik dahalarda joylashgan 2 ming 36 ta koʻp qavatli uylarning 58 ming 643 ta xonadonidagi sharoitlar oʻrganilib, muammolar oʻz vaqtida bartaraf etildi. Buning uchun boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan 308 mlrd. soʻmlik loyiha ishlari amalga oshirildi.
Mavsumga tayyorgarlik jarayonida barcha masʼul idoralar vakillari faol ishtirok etdi. Natijada tabiiy gaz, elektr energiyasi, toza ichimlik suvi taʼminoti va oqava suv xizmati, yoʻl, transport, tibbiyot bilan bogʻliq masalalar ijobiy hal qilindi. Koʻp qavatli uylar hududida bolalar oʻyingohlari va sport maydonlarini tashkil etish, turar-joylarni taʼmirlash ishlari uchun mahalliy byudjetdan 2,1 mlrd. soʻm mablagʻ ajratildi. Bir soʻz bilan aytganda, viloyatda mavsumga puxta tayyorgarlik koʻrildi.








Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring