Matematika fanidan asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi savollari internetda tarqatildi
Ijtimoiy tarmoqlarda matematika fanidan asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi savollari Respublika boʻylab noqonuniy tarzda tarqatilgan. Bu haqida “Taʼlim nazorati” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan tegishli oʻrganish ishlari olib yuborilgan.
«Ushbu olimpiada savollari Fan olimpiadalari markazi tomonidan tuzildi, har bir hududda (hududiy boshqarmalarda) markazlashgan holatda chop etilmoqda.
Hududlardagi Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalarida tashkil etilgan shtablarda savollar chop etish jarayonida ayrim xodimlarining zimmasidagi vazifaga masʼuliyatsizlik bilan yondashgani, jarayonda adolatni taʼminlamagani oqibatida materiallari tarqaldi.
Hozirda bu holatga sababchi shaxslar aniqlanmoqda va ular amaldagi qonunchilik doirasida javobgarlikka tortiladi», — deyiladi xabarda,
Shu munosabat bilan matematika fanidan asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi har bir sinf kesimida (9-10-11-sinf) qayta oʻtkaziladi.
«Fan olimpiadalari markazi barcha bosqichlarda jarayonlarning shaffof, adolatli va xolis tashkil etilishidan manfaatdordir. Agar sizga olimpiada savollari yoki javoblari pul evaziga taklif etilsa, jarayonlarga tanish-bilishchilik yoki noqonuniy taʼsir koʻrsatish holatlari boʻlsa, darhol Fan olimpiadalari Markazning maxsus boti, «https://t.me/Murojaat_FOM_bot» yoki “+998 71 207 05 24” telefon orqali xabar berishingizni soʻraymiz»,- deyiladi xabarnomada.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring