Markaziy Osiyo davlatlari va YEI rahbarlari Orol madaniyat sammitiga oid koʻrgazma bilan tanishdi

Foto: Prezident matbuot xizmati
"Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" formatidagi birinchi oliy darajadagi rasmiy uchrashuv yakunlangach, yetakchilar birgalikda Orol madaniyat sammiti ekspozitsiyasiga tashrif buyurdilar.
Ko‘rgazmada Orol ekotizimini tiklash, hududning madaniy merosini asrab-avaylash va barqaror rivojlanishiga ko‘maklashishga qaratilgan noyob tashabbuslar namoyish etildi. Bu yerda vizual, sensor va interfaol vositalar orqali Orolbo‘yining tabiiy va madaniy boyligi bilan tanishish mumkin.
Ko‘rgazmadan me’morchilik va landshaft fotografiyasiga ixtisoslashgan mashhur fotosuratchi Ivan Baanning asarlari, Qoraqalpog‘iston uchun xos o‘simlik hisoblangan qamishdan yaratilgan floristik kompozitsiya, shuningdek, Orolbo‘yining an’anaviy mahsulotlari - saksovul urug‘i, chig‘anoqlar, tabiiy tuz, quritilgan isiriq, an’anaviy naqshli namat va boshqa ko‘plab eksponatlar o‘rin olgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring