Markaziy isitish tizimi inson terisi uchun zararli boʻlishi mumkin
Illyustrativ foto
Markaziy isitish tizimidan uzluksiz foydalan inson terishiga salbiy taʼsir qilishi mumkin. “The Guardian” dermatolog-konsultant Emma Kraytornning bu haqdagi fikrlarini eʼlon qildi.
Mutaxassisning qayd etishicha, inson terisi suvni ushlab turish uchun himoya qatlamiga ega, biroq bu qatlam mutlaqo suv oʻtkazmaydigan emas. Suv teri yuzasi orqali doimiy harakatlanadi va bu jarayon havo namligiga bogʻliq. Teri uchun eng qulay sharoit taxminan 40 foiz nisbiy namlik hisoblanadi. Havo bundan quruq boʻlsa, suv teri orqali tezroq chiqib ketadi, bu esa himoya qatlamini yengil yalligʻlantirishi mumkin.
Suvning bugʻlanishi natijasida teri quriganday tuyuladi, qon tomirlari biroz kengayadi va teri qizarishi mumkin. Yalligʻlanishni qoʻzgʻatuvchi sitokinlar deb ataladigan oqsillar faollashib, asab uchlarini qitiqlaydi, shuning uchun odam, ehtimol qichishishni his qiladi. Markaziy isitish tizimi xona havosini issiq, ammo quruq qiladi, havo almashinuvi boʻlmasa, bu jarayon yana ham kuchayadi. Shu maʼnoda isitish teriga taʼsir koʻrsatishi mumkin, lekin u qishdagi muammoning yagona sababi emas.
Qish faslida tashqaridagi sovuq va shamolli havo ham terini quritadi, chunki sovuq havo namlikni kamroq saqlaydi, shamol esa suv va tabiiy yogʻlarni tezroq bugʻlatadi. Shuning uchun ham issiq xona, ham sovuq tashqi muhit teriga taʼsir koʻrsatishi mumkin. Ayrim odamlar, xususan, ekzema yoki rozatsea kabi teri kasalliklariga moyillar bunday oʻzgarishlarga koʻproq sezgir boʻladi.
Mutaxassislar teri quriyotgan boʻlsa, markaziy isitishni biroz pasaytirish va xonaga namlagich qoʻyishni tavsiya etadi. Terini muloyim parvarish qilish muhim: qoʻpol sovunlardan qochish, xushboʻy moddalari kam boʻlgan kremlardan foydalanish kerak. Namlikni saqlaydigan kremlar hamda teri himoya qatlamini qoʻllab-quvvatlovchi seramid va glitserin kabi moddalar suvning chiqib ketishini sekinlashtiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring