Markaziy harbiy okrug poligonida yangicha yondashuvdagi amaliy otish mashgʻuloti koʻrsatildi (foto+video)

Markaziy harbiy okrugdagi “Kattaqoʻrgʻon” poligonida doimiy jangovar shaylikdagi harbiy qism shaxsiy tarkibi bilan katta masshtabdagi amaliy otish mashgʻuloti oʻtkazildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati maʼlum qildi.
Koʻrgazmali amaliy mashgʻulotda Samarqand, Jizzax hamda Navoiy garnizonidagi harbiy qism komandirlari va ularning oʻrinbosarlari, batalyon va vzvod komandirlari ishtirok etdi. Harbiy okrug qoʻmondonligi tomonidan tashkil etilgan ushbu namunadagi mashgʻulot bosqichma bosqich harbiy qismlar pogʻonasida tizimli ravishda yoʻlga qoʻyiladi.
Yangicha tizimdagi otish mashqlarida 40 dan ortiq oʻquv joylarida bir vaqtning oʻzida barcha mutaxassisliklar boʻyicha amaliy mashgʻulotlar bajarildi.
Shuningdek, otishga tayyorgarlik koʻrish pozitsiyalari, oʻqning uchishiga taʼsir koʻrsatuvchi omillar (shamol, porox zaryadi, havo harorati va boshqalar) formulalar va qurollarni tavsifi aks etgan plakatlar, yozgi sinf xonalaridagi darslar askarlarni amaliyotgacha boʻlgan tayyogarligini mustahkamlashga xizmat qildi.
Nishonlarni barchasi yakson etildi. Snayper, T-72 jangovar tanki ekipaji hamda D-30 artilleriya quroli moʻljalchi va oʻqlovchilarining birinchi zarbadanoq muvafaqiyatlari qoʻmondonlik tomonidan alohida eʼtirof etildi.
Maʼlumot oʻrnida, “Kattaqoʻrgʻon” poligoni hududi va salmogʻi jihatidan Oʻzbekistondagi eng katta dala oʻquv maydoni hisoblandi. Bu yerda birinchi marotaba otish tayyorgarligidan katta masshtabdagi mashgʻulot oʻtkazilmoqda
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
- Sardobaning siri nimada?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring