Maʼrifatparvar adib gʻoyalariga yuz tutib

Ayni kunlarda mamlakatimiz boʻylab Turkiston jadidlik harakatining asoschilaridan biri, katta adib va pedagog Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligi keng nishonlanmoqda.
Shu munosabat bilan poytaxtimizdagi Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasida ham “Mahmudxoʻja Behbudiy va Turkiston jadidchiligi” mavzusida anjuman tashkil etildi. Unda akademik va professorlar, jadidshunos olimlar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Anjumanda soʻzga chiqqanlar tomonidan Mahmudxoʻja Behbudiyning jadidchilik harakatida tutgan oʻrni va taʼlim rivojiga qoʻshgan hissasi, shuningdek, asarlarida bayon etilgan insoniy gʻoyalar haqida fikr bildirildi.
— Yurtboshimizning “Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qaroridan soʻng nafaqat allomaning hayoti, balki yashagan davrini ham oʻrganyapmiz, — dedi akademik Oqil Salimov. — Bu hujjat biz olimlarni ham, xalqimizni ham birday xursand qildi.
Maʼruzalardan soʻng qatnashchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Shahzoda ISKANDAROVA,
OʻzJOKU talabasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring