“Maʼrifat karvoni” Samarqandda
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Yurtimiz boʻylab “Tamaddun, madaniyat va maʼrifat” mavzusida oʻtkazilayotgan “Maʼrifat karvoni” ilmiy-maʼrifiy va madaniy targʻibot tadbirlari Samarqandda ham boʻlib oʻtmoqda.
Tadbir Samarqand shahridagi Yoshlar markazida “Yangi Oʻzbekistonda maʼnaviy, diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlari” mavzusida ziyolilar forumi bilan boshlandi.

Unda viloyat hokimligi masʼullari, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi xodimlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Loyiha doirasida “Yangi Oʻzbekiston — islohotlar falsafasi” nomli anjuman, ilgʻor, faol yigit-qizlar ishtirokida “Zamonaviy yoshlar — taraqqiyot drayveri” mavzusida ilm-fan va innovatsiyalarga bagʻishlangan mahorat darslari, shuningdek, “Oʻzbekiston obidalaridagi bitiklar” kitob-albomi taqdimoti oʻtkazildi.

Mazkur tadbir olim, ziyoli, sanʼat va madaniyat namoyandalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga masʼullar, mahalla faollari hamda yoshlarning bilim va koʻnikmalarini oshirish, mamlakatning milliy mafkura yoʻnalishidagi islohotlarini targʻib etish, jamiyatni, ayniqsa, yoshlarni buzgʻunchi gʻoyalardan himoya qilish maqsadida tashkil etilmoqda.
Shuningdek, davlatimiz rahbarining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Senatining 18-20-noyabr kunlari oʻtkazilgan majlislaridagi nutqlari mazmun-mohiyati, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonlarini ziyolilar orqali xalqimizga yetkazish va tushuntirish ham asosiy vazifalardan hisoblanadi.

“Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasidagi targʻibot tadbirlari viloyatning barcha hududlarida oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring