Marhum shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxonni “Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
Foto: Arxiv surat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Gʻoyat murakkab tarixiy sharoitda faoliyat koʻrsatib, mamlakatimiz va mintaqamizda islom madaniyati va ilm-fanini rivojlantirish, muqaddas dinimizning insonparvarlik mohiyati va ezgu gʻoyalarini el-yurtimizga bezavol yetkazish, buyuk ulamo va mutafakkirlarimizning bebaho ilmiy merosini turli millatlar va elatlar orasida keng targʻib etish borasidagi koʻp yillik ibratli faoliyati, xalqaro miqyosda dinlararo muloqotni yoʻlga qoʻyish, oʻzaro doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlash, jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash ishlariga qoʻshgan ulkan hissasi, diniy va dunyoviy bilimlarni puxta egallagan yetuk mutaxassislarni tayyorlash, yosh avlodni ezgulik va maʼrifat, ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yoʻlidagi yuksak xizmatlari uchun Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasining sobiq raisi, muftiy, marhum shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon “Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan mukofotlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring