Margʻilonda UNESСO shafeligida mahorat darslari oʻtkazilmoqda

Foto: Botir Madiyorov / Xalq so'zi
UNESСOning mamlakatimizdagi vakolatxonasi tomonidan joriy yilning 12-22-oktabr kunlari soʻlim Margʻilon shahrida oʻlkamizning barcha hududidan kelgan 60 nafardan ziyod hunarmandlar va dizaynerlar ishtirokida mahorat darslari boʻlib oʻtmoqda.
Qoʻshma loyihasi doirasida tashkil etilayotgan ushbu treninglar Respublika “Hunarmand” uyushmasi hamda Margʻilon shahridagi Hunarmandlar markazi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
-Bobomeros anʼanalarni zamonaviy mezonlar asosida rivojlantirish uchun jahon andozalari darajasida ishlash uslubiga oʻtishimiz zarur, - deydi fargʻonalik mashhur hunarmand Rasuljon Mirzaahmedov. – Shu bois mashgʻulotlar jarayonida hunarmandchilikda samarali menejment va marketing, mahsulotlar reklamasida internet va ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan foydalanish kabi nazariy mashgʻulotlar bilan birga qoʻlda gilam toʻqish, milliy matolarni boʻyash, etno-dizayn kabi mavzularda mahoratimizni oshirayotganimiz ayni muddaodir.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring