Margʻilon gilamlari tashqi bozorga chiqarilmoqda
Foto: Xalq so‘zi
Fargʻona viloyatining ipakchilar shahri – Margʻilonda sanoat usulida ishlab chiqarilayotgan gilamlar xorijga eksport qilinmoqda.
Tadbirkor Roʻzimatjon Salimov rahbarligidagi “Toʻyona” masʼuliyati cheklangan jamiyatida yiliga sanoat usulida 60 ming kvadrat metr gilam ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, bu yerda 150 nafardan ortiq kishi bandligi taʼminlangan. Mahsulot ichki bozorda xaridorgir boʻlib ulgurgach, xorijiy davlatlarga eksport qilishga kirishildi. Shu kunlarda tajriba tariqasida dastlabki gilamlar Qirgʻizistonga joʻnatildi.

— Hozirda korxonada qiymati 12 milliard soʻmga teng boʻlgan yangi loyiha amalga oshirilyapti, — deydi tadbirkor R. Salimov. — 2023-yilning yanvar oyida foydalanishga topshiriladigan yangi tarmoq gilam ishlab chiqarish quvvatini yiliga yana 15 ming kvadrat metrga oshirish hamda 30 ta qoʻshimcha ish oʻrni yaratish imkonini beradi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring