“Mard Oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida

10:35 30 Iyun 2023 Hujjatlar
1840 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarda alohida faollik koʻrsatib, oʻzining bilim va qobiliyati, intiluvchanligi, tashabbuskorligi va samarali mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, Yangi Oʻzbekistonning xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini yanada oshirishga katta hissa qoʻshib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlaydigan, keng dunyoqarash va yuqori salohiyatga ega, xalq manfaati va yurt istiqboli uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir boʻlgan fidoyi va mard oʻgʻlonlarimizni munosib ragʻbatlantirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha komissiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli yigitlarini fan, taʼlim, madaniyat, adabiyot, sanʼat, sport, harbiy xizmat sohalari va huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi takliflari ilovadagi roʻyxatga muvofiq maʼqullansin.

2. “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga sovrindorlik diplomlari va koʻkrak nishonlari tantanali vaziyatda topshirilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini taʼminlasin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sohiblarining ibratli faoliyati, ularning noyob isteʼdodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.U.Umurzakov zimmasiga yuklansin.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                        Sh.Mirziyoyev

* * *

                                                     Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
                                                           2023-yil 29-iyundagi
                                                               PQ-199-son qaroriga ilova

 

“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar roʻyxati

Yendirbayev Davronbek Gulman oʻgʻli – Nukus shahridagi 12-bolalar musiqa va sanʼat maktabining baxshichilik boʻlimi oʻqituvchisi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi)

Mambetsharipov Yusup Raxatovich – Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining doktoranti (Qoraqalpogʻiston Respublikasi)

Azimov Sarvarbek Qayumjon oʻgʻli – Andijon mashinasozlik institutining 1-bosqich magistranti (Andijon viloyati)

Moʻminjonov Mirjalol Muqimjon oʻgʻli – Andijon davlat universitetining kimyo kafedrasi katta oʻqituvchisi (Andijon viloyati)

Sadulloyev Anvarbek Oybek oʻgʻli – Peshku tumanidagi 18-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi (Buxoro viloyati)

Sodikov Muxammadali Kaxramonovich – Buxoro shahridagi “AD Astra” oʻquv markazi rahbari (Buxoro viloyati)

Qodirov Umidjon Lapas oʻgʻli – Jizzax davlat pedagogika institutining 3-bosqich talabasi (Jizzax viloyati)

Rayimov Furqatjon Farxod oʻgʻli – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 4-bosqich talabasi (Jizzax viloyati)

Nomurodov Olimjon Obidjon oʻgʻli – Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasining tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi katta mutaxassisi (Qashqadaryo viloyati)

Usmonov Maxsud Tulqin oʻgʻli – Oʻzbekiston Milliy universitetining 1-bosqich magistranti (Qashqadaryo viloyati)

Ismoilov Abduqodir Dilshod oʻgʻli – Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 1-bosqich talabasi (Navoiy viloyati)

Xaydarov Xumoyun Masharip oʻgʻli – “Mash X Industry” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari (Navoiy viloyati)

Nasriddinov Voxidjon Maxammadsoli oʻgʻli – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchisi (Namangan viloyati)

Odashov Zayniddin Zuxriddin oʻgʻli – Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtining guruh komandiri (Namangan viloyati)

Zakirov Ruslan Olegovich – Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi huzuridagi markazning haydovchi-qutqaruvchisi (Samarqand viloyati)

Islomov Sherbek Mahmud oʻgʻli – Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining 1-bosqich talabasi (Samarqand viloyati)

Bahrillayev Bahrom Azmiddin oʻgʻli – Sardoba tumanidagi 18-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchisi (Sirdaryo viloyati)

Krasnov Anatoliy Viktorovich – Sirdaryo viloyati suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining akademik eshkak eshish boʻyicha murabbiysi (Sirdaryo viloyati)

Tursunov Anvar Maxmadiyor oʻgʻli – Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qismi guruh mutaxassisi (Surxondaryo viloyati)

Xurramov Abbos Baxramovich – Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi uslubchisi (Surxondaryo viloyati)

Abdugʻaniyev Turdali Abdukayum oʻgli – Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Maxsus vazifalar boʻyicha respublika qutqaruv markazi kinolog-qutqaruvchisi (Toshkent viloyati)

Yoqubov Doston Jaloliddin oʻgʻli – Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy qismi guruh komandiri (Toshkent viloyati)

Yigitaliyev Saidasror Shavkat oʻgʻli – Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrining opera ijrochisi (Fargʻona viloyati)

Melikuziyev Sarvarbek Maxmud oʻgʻli – “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining tayanch doktoranti (Fargʻona viloyati)

Amatboyev Ogʻabek Shonazar oʻgʻli – Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 4-bosqich talabasi (Xorazm viloyati)

Karimov Javohir Abdukarim oʻgʻli – Xiva shahridagi Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-sinf oʻquvchisi (Xorazm viloyati)

Maxmudov Abdullox Alisher oʻgʻli – Uchtepa tumanidagi 81-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi (Toshkent shahri)

Mirzaaxmedov Miraziz Mirvoxid oʻgʻli – Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Yoshlar” radiokanali muharririyati bosh muharriri (Toshkent shahri)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер