Mard askarga sovgʻa
Foto: Ahmad To'ra
Oʻzbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasida “Mard askarga sovgʻa” turkumida chop etilgan kitoblar taqdimoti oʻtkazildi. Unda Mudofaa vazirligi hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi vakillari, yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olimlar, harbiy xizmatchilar va kursantlar qatnashdi.
Tadbirda Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan mazkur loyiha mamlakatimiz maʼnaviy hayotida muhim ahamiyat kasb etayotgani taʼkidlandi. Kitoblar tez orada barcha harbiy qismlar, okruglar, harbiy taʼlim muassasalariga yetkazilishi qayd etildi.

“Mard askarga sovgʻa” turkumidagi kitoblar ixcham va koʻrkam dizaynga ega boʻlib, harbiy xizmatchilar, askarlar, har qanday kishi doim yonida olib yurishi mumkin. Turkumda bu yil 7 ta kitob nashr etilgan. Ularda oʻzbek adabiyoti vakillarining sheʼr va hikoyalari, dostonlari oʻrin olgan. Mazkur asarlarda vatanparvarlik, mardlik, jasorat, burchga sadoqat, inson shaʼni va qadr-qimmatini ulugʻlash gʻoyalari ustuvor ekani, ularning ahamiyatini yanada oshiradi.

Taqdimotda ona yurtni, istiqlolimizni, bugungi tinch va farovon kunlarimizni tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlar yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat baxsh etdi.
Mazkur adabiy-maʼrifiy tadbir videokonferensaloqa tizimi orqali Mudofaa vazirligining tegishli harbiy okruglari xizmatchilariga ham onlayn namoyish qilindi.
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring