“Mana senga olam – olam gul...”
Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Gulasal Turdiyevaning hovlisiga kirgan chogʻ beixtiyor sevimli shoirimiz Hamid Olimjon qalamiga mansub “Oʻrik gullaganda” deb nomlangan mashhur sheʼrdagi ushbu misra yodga tushadi. Olot tumanidagi “Nurobod” mahallasida yashovchi bu ayol xonadonini gulu gulzorga aylantirgan.
– Gulchilik bilan oʻn yildan buyon oilaviy shugʻullanamiz, – deydi u. – Ochigʻi, shu ishga mehr qoʻyib kam boʻlayotganimiz yoʻq. Tomorqamizda 20 turdan ziyod, xona sharoitida 50 turdagi gullarni yetishtiryapmiz. Oilamizning asosiy daromadi gulchilikdan.

Buni qarangki, chekka bir qishloqda yashab ham gulning bozorini chaqqon qilish mumkin ekan. Bu xonadonni soʻroqlab uzoq-yaqindan kelishmoqda. Gullarni, uning koʻchatlarini xarid qilmoqda. Ayniqsa, xrizantemaga talabgorlar koʻp. Gulasal opa uning 7 xil navini yetishtiradi. Birgina xrizantema ortidan oila mavsum davomida 40 – 50 million soʻm atrofida daromad oladi.
Bu oilaning tadbirkorlik faoliyati bilan tanishgan tuman va mahalla masʼullari gulchilarni boshqalarga namuna qilib koʻrsatmoqda. Afsuski, oramizda tomorqasini oʻz holiga tashlab qoʻygan, yerning umrini zoye ketkazayotgan, boz ustiga mahalladan moddiy koʻmak soʻrashga odatlangan oilalar ham uchrab turibdi. Ular Gulasal Turdiyeva kabi ish koʻzini biladigan kishilardan ibrat olishsa ayni muddao boʻlardi.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring