Maktab muallimining “xobbisi”
Koʻpchiligimiz gapiradigan toʻtilar haqida eshitganmiz. Namanganlik qush ishqibozi Musoxon Egamberdiyev xonadonida shunday parrandani parvarishlaydi. Asli vatani Janubiy Amerika boʻlgan “Alexandrine” toʻtisi “Salom”, “qalaysiz”, “xoʻjayin” singari uncha murakkab boʻlmagan qator soʻzlarni oʻziga xos talaffuzda takrorlaydi. Viloyat markazidagi 43 –umumtaʼlim maktabida jismoniy tarbiyadan saboq berib kelayotgan bu inson oʻz xobbisi boʻlgan qushchilikni xonadon biznesiga ham aylantirgan. Uning ikki sotixli maxsus yopiq joyida mingdan ortiq qushlar bor.
— Bu ishni oʻgʻlim Ulugʻbek bilan birga olib boramiz, -deydi M. Egamberdiyev. –Aslida qushlar parvarishi ancha nozik yumush. Lekin, ularning chugʻur-chugʻuri, ayniqsa, gapirishga moyil toʻtilarning soʻzlaridan kishi yaxshigina zavq oladi.
Noyob parrandalarga mehr qoʻygan muallim ekzotik jonivorlari turini vaqti-vaqti bilan yangilab turadi. Yaqinda uning gapiradigan toʻtilaridan biri bozorda 1500 dollarga yaqin baholandi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring