Maktab kutubxonalarining adabiyot fondi boyimoqda
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan “Kitoblar karvoni” loyihasi doirasida Xovos tumanidagi 9-umumtaʼlim maktabiga 250 dona badiiy va ilmiy-ommabop kitoblar topshirildi. Ayni tashabbus tufayli Oqoltin tumanidagi 2-maktab kutubxonasi adabiyot fondi ham kitoblar bilan boyidi.
Aytish lozimki, mazkur loyiha asosida taqdim qilinayotgan har bir adabiyot maktab oʻquvchilari uchun bilim manbai boʻlibgina qolmay, ularning maʼnaviy-axloqiy kamoloti, tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyat ega boʻlishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shuningdek, “Maktab uchun ming kitob” tashabbusi ham maktab kutubxonalaridagi adabiyotlarning koʻpayishiga xizmat qilmoqda. Ushbu xayrli harakatga koʻplab rahbarlar, turli soha vakillari, yoshu keksalar qoʻshilmoqda va ular oʻzlari oʻqigan maktablarga kitoblar taqdim qilmoqda. Jumladan, yaqinda Xovos tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi vazifasini bajaruvchi Ravshan Elchiyev oʻzi taʼlim olgan maktabga badiiy va ilmiy-ommabop kitoblar jamlanmasini tuhfa qildi.
Ahmadali ShERNAZAROV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring