Madaniyatimiz koʻzgusi
Televideniye - hayotimiz koʻzgusi. Kundalik yangiliklar bilan birga, ekranga koʻchgan sanʼat asarlarini ham namoyish etadi. Maʼnaviy saviyamizni yuksaltiradi.
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida telerejissyor Hamid Qahramonning “Daholar suv ichgan daryolar“ nomli kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Tadbirda muallifning bu toʻplamda oʻzbek va jahon adabiyotining sahnalashtirilgan eng yuksak asarlarining sharhlari, bugungi televideniye imkoniyatlari, rejissyorlik kasbining eng sharafli va mashaqqatli taraflari haqida soʻz bordi.
- Hamid Qahramon tinib-tinchimas rejissyor. Oʻziga xos maktab yaratgan yoshlarning sevimli ustozi, - deydi Oʻzbekiston sanʼat arbobi Mahkam Muhamedov. - U mavzu tanlashga, teleekranga koʻchirishga nihoyatda talabchan. Asarlari davr sinovidan oʻtgan, tomoshabinlarga maʼnaviy ozuqa beradigan sanʼatkorlar ijodiga murojaat qiladi. Bu asarlar televideniye tarixida ham qoladi.
Taqdimotda ijodkorlar bilan televideniye oʻrtasida hamkorlikni mustahkamlash uchun videofilmlar, telespektakllar, telekoʻrsatuvlar, telereportajlar haqida toʻxtalib oʻtilgani shoir, yozuvchilarni yangi ijodiy izlanishlarga chorladi. Tadbir soʻngida muallif kitobxonlarga kitob sovgʻa qildi.
Adiba UMIROVA,
“Xalq soʻzi“
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring