Lukashenko Si Szinpinga haykal oʻrnatishni taklif qildi

00:53 08 Iyun 2025 Dunyo
184 0

Arxiv surat

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Milliy futbol stadioni yaqinida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin haykalini oʻrnatishni taklif qildi. Bu haqda Belarus prezidenti matbuot xizmatiga yaqin boʻlgan “Pul pervogo” Telegram kanali xabar tarqatdi.

Stadion Xitoy tomonidan ajratilgan mablagʻ evaziga qurilgan va ushbu loyiha toʻliq Xitoy tomonidan amalga oshirilgan. U Xitoyning Belarusga sovgʻasi boʻldi.

Ochilish marosimidan oldin Belarus prezidentiga stadionga kiraverishda oʻrnatilgan haykal koʻrsatildi. Unda belaruslik va xitoylik futbolchilar yonma-yon turishibdi.

Lukashenko esa “Bu yerda Si Szinpinga haykal oʻrnatish kerak!” degan.

Taʼkidlanishicha, stadion barcha xalqaro standartlarga javob beradi va unda yuqori saviyadagi oʻyinlarni oʻtkazish mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер