“Lochin” uchinchi mavsumda ham peshqadam
Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Qarshi shahridagi Geolog stadionida futbol boʻyicha har yili anʼanaviy ravishda oʻtkazib kelinayotgan “Viloyat kubogi-2024” musobaqasining final uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Unda barcha raqiblarini yengib, hal qiluvchi bahsga qadar yetib kelgan Qarshi davlat universitetining “Lochin” hamda Qarshi tumanining “Beshkent” jamoalari oʻzaro kuch sinashdi.


Shiddatli va keskin kurashlar ostida oʻtgan uchrashuvda Qarshi davlat universitetining “Lochin” jamoasi 4-2 hisobida raqibini magʻlubiyatga uchratib, “Viloyat kubogi-2024” musobaqasi gʻolibiga aylandi.
– “Lochin” jamoasi tashkil etilganiga koʻp vaqt boʻlmadi. Ammo qoʻlga kiritgan yutuqlari koʻpchilikning havasini keltiradi, – deydi universitet rektori Dilmurod Nabiyev. – Ushbu muvaffaqiyat bizni yanada olgʻa intilishga undaydi. Jamoamizning kelajagiga ishonamiz va qoʻllab-quvvatlashda davom etamiz. Futbolga muxlislikning maʼnosi ham shunda.


Maʼlumot uchun, “Lochin” futbol jamoasi 2022-2023-yillarda ham viloyat kubogini qoʻlga kiritgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring