Livan endi prezidentsiz yashamaydi
Livan parlamenti koʻpchilik ovozi bilan armiya bosh qoʻmondoni, general Jozef Aunni mamlakat prezidenti etib sayladi. Jozef Aun AQSH va Saudiya Arabistoni tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.
“General Aunga 128 nafar deputatdan 99 nafari ovozini berdi”, deb eʼlon qildi parlament spikeri Nabih Berri.
Livan Prezidenti hukumat va shartnomalarni tasdiqlashi mumkin va u mamlakat qurolli kuchlarining bosh qoʻmondoni hisoblanadi. Prezidentlik muddati olti yil, qatorasiga ikkinchi marta saylanish mumkin emas. Mamlakat konstitutsiyasiga muvofiq, prezidentlikka nasroniy-maroniylargina saylana oladi.
Prezident Mishel Aunning vakolat muddati tugagan 2022-yil oktyabridan buyon Livan prezidentsiz yashayotgandi. Soʻnggi ikki yil ichida Livan prezidentini saylash uchun 12-marta muvaffaqiyatsiz urinish boʻlgan.
Maʼlumot oʻrnida, oldingi Aun va hozirgisi qarindosh emas, shunchaki familiyadoshlar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring