“Lazzatli Surxon” — gastronomik turizm salohiyati, musiqa va shodlik uygʻunligi

11:50 03 Noyabr 2025 Jamiyat
139 0

Avval xabar berganimizdek, Boysun tumanidagi “Boysun bahori” turizm majmuasida “Lazzatli Surxon” xalqaro gastronomik festivali boʻlib oʻtdi.

Mazkur festival Surxon vohasining boy gastronomik salohiyatini namoyish etish, milliy pazandachilik anʼanalarini keng targʻib qilish va viloyatga sayyohlar oqimini oshirish maqsadida tashkil etilgan.

Festival dasturi juda mazmunli va rang-barang: tumanlar va Termiz shahri pavilyonlarida milliy taomlar namoyishi, hunarmandchilik mahsulotlari va suvenirlar koʻrgazmasi, shuningdek, “uzum sayli”, “olma sayli”, “anor sayli” kabi anʼanaviy bayram tadbirlari, milliy etnik oʻyinlar va musobaqalar ishtirokchilar hamda mehmonlarga cheksiz zavq baxsh etdi.

— Bu festival haqiqiy bayram muhitini yaratdi, — deydi Sayyora Baratova. — Surxon vohasining har bir taomi, har bir musiqasi oʻzgacha mazaga, mazmunga ega. Biz nafaqat milliy oshxonaning boyligi, balki xalqimiz mehmondoʻstligi va ijodkorligining ham guvohi boʻldik. Bunday tadbirlar orqali oʻz anʼanalarimizni, milliy gʻururimizni yanada yuksaltirish imkoniyatiga ega boʻlyapmiz.

Tadbirning faol ishtirokchilariga Boysun tumani hokimi Bahodir Shukurov tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

Festivalda Tojikiston Respublikasi va poytaxtdan tashrif buyurgan hamda mahalliy sanʼatkorlar ijrosidagi gala-konsert ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

Maza, musiqa va shodlik uygʻunlashgan “Lazzatli Surxon” festivali Boysunning nafis tabiati bagʻrida haqiqiy bayram muhitini yaratdi.

Farhod ESONOV

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер