Kuchli shamol uzib ketgan elektr taʼminoti qanday qilib qayta tiklanmoqda?

15:33 28 Aprel 2020 Jamiyat
1603 0

Illyustrativ foto

2020-yil 27-aprel soat 00:28 da Turkmaniston tarafdan kuchli shamol oqimining kirib kelishi natijasida mamlakatimizning turli hududlarida, jumladan: Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida, bundan tashqari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim hududlarida yuqori hamda past kuchlanishli elektr tarmoqlaridagi avariyaga qarshi avtomatika tizimi ishlashi oqibatida elektr taʼminotida koʻplab uzilish holatlari kuzatilgani haqida xabar bergan edik.

Yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish boʻyicha “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi barcha podstansiyalar hamda havo liniyalariga xizmat koʻrsatuvchi texnik-muhandislar kuchaytirilgan tartibda xizmat qilishmoqda, navbatchi mutaxassislar safiga qoʻshimcha brigadalar jalb etilgan, barcha maxsus texnika va kerakli jihozlar shay holatga keltirilgan. Xususan, eng koʻp zarar koʻrgan hudud — Buxoro viloyatida “Oʻzbekiston MET” AJ maʼmuriyati va filial mutaxassislaridan tarkib topgan Ishchi guruh faoliyat yuritmoqda.

“Ayni soatlarda noqulay ob-havo sharoiti tufayli yetkazilgan talafotlar elektr taʼminoti korxonalari bilan bir qatorda mahalliy hokimiyat, favqulodda vaziyatlar, yongʻin xavfsizligi va boshqa yordamchi kuchlar tomonidan bartaraf etilmoqda. Elektr taʼminoti korxonalaridagi barcha ishchi kuchi va resurslar isteʼmolchilar taʼminotini tiklash uchun safarbar etilgan. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi “Call Centre”ning qisqa 1154 raqami kuchaytirilgan tartibda xizmat koʻrsatmoqda. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz” deyidaji AJ xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер