Krishtianu Ronaldu Joau Feliksni “doʻstlar” safidan chiqardi
Foto: Халқ сўзи иллустратор
Krishtianu Ronaldu terma jamoadoshi Joau Feliksni “Instagram”dagi doʻstlari safidan chiqardi.
Bu harakat muxlislar oʻrtasida va OAVda ikki futbolchi oʻrtasida ziddiyat yuzaga kelgani bilan izohlanmoqda.
Gap shundaki, “Barselona” futbolchisi “Yevro-2024” musobaqasida Fransiyaga qarshi bahsning penaltilar seriyasida oʻz imkoniyatini yoʻqqa chiqargandi. Bu jamoada munozaraga sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.
Manbalarda Ronalduning Feliksni doʻstlari safidan chiqargani sababi aniq emas. Ammo koʻpgina mutaxassislar aynan penaltidagi xato Ronalduning jahlini chiqargan boʻlishi mumkin. Hozircha ikki futbolchi ham vaziyat haqida ochiqchasiga izoh bermagan.
Ronalduning oʻzi ham “Yevro-2024”ning nimchorak finalida Sloveniyaga qarshi bahsda oʻyinda penaltidan gol ura olmagan edi. Shunga qaramasdan, seriyada oʻz ishini aʼlo darajada bajarib, jamoasini chorak finalga olib chiqqandi.
Feliks esa hozircha “Instagram”da Krishtianuni doʻstlikdan chiqarib yubormagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring