Kredit mablag‘larini o‘zlashtirish holatlari fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Sayxunobod tumanida faoliyat yurituvchi “S-S.” MCHJ mas’ul shaxslari hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 1,6 mlrd so‘m kredit mablag‘lari hisobidan mahalla guzari va maishiy xizmat ko‘rsatish sexini qurmasdan, kredit mablag‘larini boshqa maqsadlarda sarflab talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Departamentning Namangan tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.M.” MCHJ sobiq rahbari A.Q. va boshqalar 935 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari evaziga xorijdan olib kelingan 4 turdagi jami 7 dona mebel ishlab chiqarish dastgohlarini boshqa shaxslarga sotib yuborib, ushbu mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Departamentning Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro N.Sh. hamda tumandagi “I.” MFY bo‘yicha hokim yordamchisi X.M. 11 nafar fuqaro va YATT U.T.ning nomiga soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali 698 mln so‘m kredit ajratib, ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring