Kreativ iqtisodiyot mohiyati

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Oʻzbekiston Respublikasining shu yil 30-sentyabr kuni qabul qilingan “Kreativ iqtisodiyot toʻgʻrisida”gi Qonuni targʻibotiga bagʻishlangan tadbir Jalaquduq tumanida oʻtkazildi. Qoʻrgʻontepa, Xoʻjaobod, Buloqboshi, Jalaquduq tumanlari hamda Xonobod shahar Kengashlari deputatlari va jamoatchilik vakillari qatnashgan ushbu tadbirda Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi Ravshanbek Alimov ishtirokchilarni Qonunning mazmun-mohiyati bilan tanishtirdi.
— “Kreativ” soʻzi lotin tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilinganida “Yaratish”, “Bunyod etish” maʼnosini bildiradi, — deydi yoshlar yetakchisi Sherzodbek Tursunboyev. — Bugungi kunda rivojlangan davlatlarda kreativ iqtisodiyotga katta eʼtibor qaratiladi. Misol uchun, Indoneziyada bir yilda 1 mlrd. dollar mablagʻ ajratilib, 15 ta loyihaga asos solingan. Natijada yalpi ichki mahsulot hajmi 7 foizga oshdi. Buyuk Britaniyada esa 2035-yilgacha ushbu yoʻnalishga moʻljallangan strategiya belgilab olingan. Unga asosan 2,1 mln. nafardan ziyod fuqarolar faoliyati tashkil etildi. Bu orqali yalpi ichki mahsulot hajmi 5,8 foizga ortishiga erishilmoqda. Oʻzbekistonda ham ushbu soha tobora taraqqiy etmoqda. Hozir bu borada faoliyat olib borayotgan hamyurtlarimiz soni 34 ming nafarga yetdi. Tadbir davomida faoliyat turi qonun doirasida nechogʻli mustahkamlab qoʻyilganligi tushuntirildi.
Taʼkidlanganidek, mazkur Qonun bilan kreativ iqtisodiyot uchun zarur boʻlgan infratuzilmani yaratish va qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari belgilangan. Jumladan, kreativ industriya parklari, klasterlar, innovatsion uskunalar, texnologiyalar, raqamli dasturlar va platformalar kirishi nazarda tutilgan. Kreativ iqtisodiyot yalpi ichki mahsulot hajmining ortishiga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring