Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi 3 ta vazirlikning 398 ta xodimiga nisbatan chora koʻrdi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan vazirlik va idoralar, davlat muassasalari va tashkilotlar xodimlarining tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish holatlari yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazildi. Bu haqda agentlikning xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi, Suv xoʻjaligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirliklari va ularning tizim tashkilotlari oʻrganilganda ularda faoliyat yuritayotgan 398 nafar boshqaruv xodimi 449 ta tadbirkorlik subyektida taʼsischilik asosida faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 93 nafar boshqaruv xodimi 112 ta tadbirkorlik subyektida, Suv xoʻjaligi vazirligining 26 nafar boshqaruv xodimi 35 ta tadbirkorlik subyektida hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligining 279 nafar boshqaruv xodimi 302 ta tadbirkorlik subyektida taʼsischilik asosida faoliyat yuritib kelgan.
“Yuqoridagi holatlarini bartaraf etish boʻyicha mazkur vazirliklarga Agentlik tomonidan tegishli taqdimnomalar kiritilib, qayd etilgan qonunbuzilishi holatlariga chek qoʻyildi”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring