Koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinalar kimlarga mumkin emas? — dolzarb savollarga aniq javoblar

AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva vaksinatsiya borasidagi aholi savollariga javob qaytardi.
Savol: Koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinalar kimlarga mumkin emas?
Javob: ▫️18 yoshgacha boʻlganlar;
▫️homiladorlar, emizikli va tuqqan ayollar;
▫️vaksinani tarkibidagi vositaga yoki kuchli allergik reaksiyalari kuzatiladigan odamlarga;
▫️infeksion yoki aʼzolarning noinfeksion surunkali kasalliklari (yurak qon tomir tizimi, oʻpka va nafas yoʻllari, oshqozon ichak tizimi, endokrin tizim kabilar) avj yoki xuruj qilgan davrida vaksinani olish mumkinmas.
Vaksina olgandan keyin birinchi 3 kunlikda bosh ogʻrigʻi, tana harorati koʻtarilishi, umumiy holsizlik, vaksina olgan joy qizarishi yoki shishi yoki ogʻrishi kabi umumiy holatlar kuzatilishi mumkin.
Bunday holatlarda patronaj hamshiralari vaksina olganlarni keyingi 3 kun davomida xabar olishi jarayonlarida sizda kuzatilayotgan holatlarni aniq va toʻliq aytishingiz kerak.
Savol: Bronxit kasalligi bor odamlarda vaksina ogʻir asoratlar qoldiradimi?
Javob: Koʻp holatlarda bu kasallikni qayta xuruji yoki asoratlanishida tashqi muhitni taʼsirida organizmga tushgan viruslar ham sabab boʻlishi mumkin.
Shu bois, bronxit kasalligi bor bemorlar viruslar bilan toʻqnashuvdan oʻzlarini himoya qilishlari kerak, yaʼni karantin qoidalariga rioya qilishlari va vaksinani olishlari talab etiladi. Vaksina bu kabi bemorlarni kasalliklari asoratlanishini oldini olish imkoniyatini yaratadi. Yaʼni, vaksina olib organizmda himoya shakllanishi bilan, koronavirus organizmda kasallikni keltirib chiqarishini oldini olish mumkin yoki yengil kechuvida oʻtishga va asoratlanmaslikka yordam beradi.
Savol: Men ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasining 1-bosqichi bilan emlanganman. Hozirda uyda kovid alomatlari bilan davolanyapman. 27-iyulda 2-bosqichni olishim kerak edi. Toʻliq tuzalmasdan turib keyingi olish mumkinmi?
Javob: Sizning holatingizda, uy sharoitida kovid kasalligidan davolanayotgan ekansiz,demak kasallikni yengil darajasi kuzatilmoqda. Bunday holatlarda, vaksinalari ishlab chiqaruvchilari vaksina olishni vaqtinchalik toʻxtatish, yaʼni 2 haftaga tibbiy cheklov berish tavsiya qilinadi. Bu davrda shu inson organizmidagi jarayonni kuzatish kerak, unda organizmdagi javob reaksiya va hosil boʻlayotgan immun hujayralar holati baholanadi.
Agarda, oʻrganish jarayonida inson organizmida vaksinadan keyingi himoya hujayralar koʻrsatkichida oʻzgarish kuzatilmasa, shifokor tomonidan bu holat oʻrganilib, organizmda qarshilik topilmasagina, keyin vaksinani davom ettirish tavsiya etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring