Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol uch kunlik tashrif bilan Oʻzbekistonga keladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol 13-15-iyun kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan oliy darajadagi muzokaralarda Oʻzbekiston-Koreya doʻstlik va alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqiladi.
Savdo, innovatsiyalar va texnologiyalar almashinuvi, energetika, elektronika va elektrotexnika, kimyo sanoati, qishloq xoʻjaligi, infratuzilmaviy rivojlanish va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari eʼtibor markazida boʻladi. Taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport va turizm sohalaridagi qoʻshma dasturlar muhokama qilinadi.
Shuningdek, mintaqaviy, shu jumladan “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” formatidagi hamkorlik yuzasidan ham fikr almashish rejalashtirilgan.
Sammit yakunlari boʻyicha bir qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi koʻzda tutilgan.
Tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida Oʻzbekiston va Janubiy Koreya Prezidentlari qoʻshma biznes forumida ishtirok etadilar.
Prezident Yun Sok Yol mamlakatimizning boy madaniy-tarixiy merosi bilan tanishish maqsadida Samarqand shahriga tashrif buyuradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring