Koʻp yillik orzular ushaldi
-Koʻp yillardan buyon uch oila ikki xonali, sharoiti yoʻq, eski uyda istiqomat qilib kelar edik. Toʻgʻrisi, nochor turmush sharoiti tufayli qiynalardik, ammo imkonini topolmasdik. Tuman hokimidan uy-joyimizni qayta qurish uchun koʻmak soʻradim. Murojaatim inobatga olinib, 4 xonali katta uy qurib berildi. Necha yillik orzularim ushaldi. Bir kun kelib mening shunday chiroyli uyim boʻlishini tasavvur ham qilolmaganman. Buning uchun bizlarni eʼtibordan chetga qoldirmagan davlatimiz rahbariga, viloyat va tuman hokimimizga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman.
Quvonch koʻz yoshlari bilan samimiy aytilgan soʻzlar Qumqoʻrgʻon tumani “Surxon sohili” mahallasi fuqarosi Anora Mardanoqulovaga tegishli.
Darhaqiqat, vatan ichida kichkina bir vatan qilish uchun bir nechta insonlar yillar davomida mashaqqatli mehnat evaziga erishadi. Anora opa ham farzandlari bilan mehnatdan qochmaydi, ammo topgani qora qozondan ortmaydi. Boquvchisini yoʻqotgan onaxonning besh nafar farzandi bor. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan ushbu oila uy-joyga ehtiyojmand edi.

Yurtboshimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy himoya siyosati natijasida, aholi murojaatlarini tinglash, unga yechim topish bu kabi xalqchil, ezgu ishlar buning yaqqol amaliy ifodasi boʻlmoqda.
Tuman hokimligi tomonidan ushbu xonadon egalariga televizor, kir yuvish mashinasi va muzlatgich sovgʻa qilindi.Bundan tashqari, yangi uyga yangi gilamlar toʻshaldi, yangi koʻrpachalar tikildi.
Xonadon egalaring esa quvonchi cheksiz, qalblarida shukronalik tuygʻusi koʻzlarida aks etdi.Mahalla oqsoqollari ham duoga qoʻl ochib, yurtimiz tinchligi, millatimizga xos boʻlgan mehr-oqibatlilik, ezgu ishlar bardavom boʻlishi uchun niyat qilishdi.
Mehr-muruvvat bayrami boʻlgan Navroʻz arafasida bu kabi xayrli ishlarning amalga oshirilishi ham saxovatpesha, tanti xalqimizga xos boʻlgan fazilatlardandir. Xonadon egalari uchun Navroʻz xayrli kelib qoʻshaloq bayramga aylandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring