Konstitusiya – bu mamlakat taraqqiyoti
Jizzax shahridagi “O‘rda” ekologik bog‘i amfiteatrida viloyat tibbiyot tizimi xodimlari ishtirokida mamlakatimizda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan muhim siyosiy jarayon – “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi konstitusiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha umumxalq referendumiga bag‘ishlab “Inson qadri ulug‘langan yurt” nomi ostida keng jamoatchilik ishtirokida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
- Yangi tahrirdagi Konstitusiyaning 48-moddasi "Har kim sog‘lig‘ini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga egaligi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olishga haqli. Davlat sog‘liqni saqlash tizimini, uning davlat va nodavlat shakllarini, tibbiy sug‘urtaning har xil turlarini rivojlantirish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash choralarini ko‘radi. Davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi" degan mazmundagi hayotiy norma bilan mustahkamlab qo‘yildi, - deydi Jizzax viloyat perinatal markazi direktori Nuriddin Shodmonov. - Konstitusiyaviy islohotlarda “inson – jamiyat – davlat” degan tamoyil ilgari surilib, mamlakatimizda inson qadri, haq-huquqlari, sha’ni har narsadan ustun ekanligi alohida qayd etilgan.
Shuningdek tadbirda so‘zga chiqqanlar Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgarishlarning mazmun-mohiyati, xususan, har kim sog‘lig‘ini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga egaligi, aholining ijtimoiy va moddiy farovonligini ta’minlashga qaratilgan asosiy jihatlari haqida gapirib, barchani 30 aprel kuni o‘tkazaladigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirdilar.
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyati bo‘linmasining san’atkorlari tomonidan Vatanni madh etuvchi diltortar kuy-qo‘shiqlar ijrosi yig‘ilganlanlarga bayramona kayfiyat ulashdi.
Tolibjon ERGASHEV,
“Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring