Kolumbiyada prezidentlikka nomzod shaxs otib tashlandi (+video)

Kolumbiya prezidentligiga nomzod Migel Uribega mamlakat poytaxti Bogotada qurolli hujum uyushtirildi. Bu haqida “NBC News” nashri xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu suiqasd ciyosatchining saylovoldi tadbirda nutq qilayotgan vaqtda sodir etilgan. Maʼlumotlarga koʻra, prezidentlikka nomzod yaralangan va ogʻir ahvolda shifoxonaga olib borilgan.
Dastlabki surishtiruvlar natijasida maʼlum boʻlishicha, Migel Uribega suiqasd uyushtirgan shaxs, 15 yoshli oʻsmir ekanligi oydinlashgan.
Oʻsmir 39 yoshli prezidentlikka nomzod Migel Uribening orqa tomoniga olti marta oʻq uzgan. Oʻqlardan biri senatorning boshiga tekkan. Mazkur suiqasd oqibatida yana ikki kishi yaralangan.
Siyosatchining qoʻriqchilari suiqasd uyushtirgan oʻsmirga qarata oʻq uzib, uni yaralagan va hibsga olgan. Mamlakat prezident Gustavo Petro va hukumatning boshqa rasmiylari ushbu suiqasdni qoralagan.
Rasmiylar ushbu holat nazoratga olinganini maʼlum qilgan, biroq prezidentlikka nomzod Migel Uribening sogʻligʻi haqida boshqa tafsilotlarni oshkor qilmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring