Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tizimi joriy etiladi
“Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-43-son, 05.03.2025 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, ko‘chmas mulk obyektlarining bozor narxiga yaqin bo‘lgan qiymatini aniqlashning zamonaviy usullari va mexanizmlarini joriy etish va keng qo‘llash, aholi va tadbirkorlarning iqtisodiy aktivlari o‘sib borishi uchun qulay shart-sharoit yaratishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi:
— respublikadagi mavjud 8 milliondan ortiq turar va noturar joylar, 7 millionga yaqin yer uchastkalarining iqtisodiy aktiv sifatidagi qiymatini aniqlash;
— ko‘chmas mulk obyektining soliq solish, oldi-sotdi qilish, garovga qo‘yish, jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish va boshqa holatlar uchun aniqlanadigan qiymati o‘zaro mutanosib bo‘lishini ta’minlash;
— ko‘chmas mulk bozoriga oid ishonchli, to‘liq va davriy ravishda yangilanib boradigan axborot bazani yaratish;
— soliq solishda adolatlilik tamoyilini yanada keng joriy etish.
2025-yildan bosqichma-bosqich barcha ko‘chmas mulk obyektlari ularning bozor narxiga yaqin bo‘lgan qiymatini aniqlash maqsadida davriy ravishda ommaviy baholashdan o‘tkaziladi.
— Ommaviy baholash ishlari quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
— 2025–2026-yillarda – eksperiment tariqasida Toshkent shahrida;
— 2026–2027-yillarda – Nukus shahri va viloyatlar markazlarida;
— 2027-yil va undan keyingi yillarda – qolgan hududlarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring