Kitoblar tuhfa etildi

12:45 28 Noyabr 2024 Jamiyat
257 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan loyiha amalga oshirilmoqda. “Kitobsevar millat” shiori ostida “Kitobxon bolalar” va “Dunyo daholari” ruknida chop etilgan 10 turdagi jahon va oʻzbek adabiyoti namunalari, xalq ertaklari jamlangan kitoblar viloyatlardagi maktablar va shahar, tuman kutubxonalari fondiga tuhfa qilinayotgani ham eʼtiborga molik. Ushbu loyiha doirasida navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir Andijon shahrida boʻlib oʻtdi.

— “Maʼrifat uyi”da oʻtkazilgan tabdirda respublika va viloyat ommaviy axborot vositalari vakillari, shoir va yozuvchilar, “Yosh jurnalistlar mahorat maktabi” tinglovchilari, Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning kutubxona xodimlari ishtirok etdi, —deydi Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat boʻlimi rahbari Mahpuraxon Ortiqova. — Tadbir davomida soʻzga chiqqanlar kitobxonlik madaniyatini oshirish borasida qilinayotgan ishlarga alohida toʻxtalib oʻtdilar. Shundan soʻng kitoblar kutubxonalarga sovgʻa qilinib, mutolaa qilish uchun tavsiya etildi.

Bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar respublikamizning barcha viloyatlarida davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?