Kitob ulashayotgan yigit
Oʻzi kitobxon, ijodkor inson kitobning qadr-qimmatini, ahamiyatini yaxshi anglaydi. Uni boshqalarga ham targʻib qilish, ulashish harakatida boʻladi.
Qashqadaryolik yosh ijodkor Elyor Darxonov ham oʻz muallifligidagi 1200 ga yaqin kitobni viloyatning turli hududlaridagi maktab oʻquvchilariga bepul ulashib chiqdi.

— Ushbu toʻplamlar maktab oʻquvchilari uchun moʻljallangan boʻlib, ularda oʻzbek adabiyotining barcha davrlarida yashab, ijod qilgan adiblar, shoirlar hayoti va faoliyatiga oid qiziqarli maʼlumotlar jamlangan, — deydi E. Darxonov. — Bugun mamlakatimizda kitobxonlik targʻibotiga qaratilayotgan eʼtibor, bu borada amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar meni ham shu ishga ruhlantirdi.
Ijodkor oʻzining ushbu kichik tashabbusi minglab yoshlarning qalbida kitobga mehr uygʻota olishi mumkinligiga ishonadi va bu ishni kelajakda ham faol davom ettirmoqchi.
Jahongir BOYMURODOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring