Kitob tumanida zamonaviy koʻprik foydalanishga topshirildi
Yoʻl-transport infratuzilmasini yaxshilashda koʻpriklar alohida ahamiyat kasb etadi. Yoʻl qanchalik ravon boʻlmasin, koʻprik nosoz boʻlsa, transport vositalari uchun noqulayliklarni keltirib chiqarishi tabiiy.
M-39 — “Toshkent-Termiz” avtomobil yoʻlining Kitob tumani hududidan oʻtgan qismida, Qashqadaryo daryosi ustida qurilgan koʻprik ham taʼmirtalab ahvolga kelib qolgan va bu transport vositalari qatnoviga xalaqit berayotgan edi. Shu bois, ushbu koʻprikni taʼmirlash tegishli dasturga kiritilib, 2022-yilning iyun oyida “Qashqadaryo koʻpriklardan foydalanish” unitar korxonasi tomonidan amaliy ishlar boshlandi.

— Loyihaning umumiy qiymati 12 milliard 235 million soʻmni tashkil etdi, — deydi korxona mutaxassisi Dilshod Yunusov. — Olib borilgan qurilish-bunyodkorlik ishlari davomida ushbu koʻprik uzunligi 72,5 metr, eni esa 28 metrni tashkil etadigan mustahkam va zamonaviy inshoot sifatida qayta bunyod etildi.
Koʻprikning tantanali ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi masʼullari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring